“Yangi O‘zbekistonda oila va xotin-qizlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishning dolzarb masalalari” mavzusida ayol harbiy xizmatchi va xodimalar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tadbir doirasida Milliy gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi
Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlarini o‘z tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida Farg‘ona shahrida joylashgan O‘lkashunoslik muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.
Kuni kecha Toshkent viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatda ilk marotaba yoshlar o‘rtasida sportning "Usmonov kombat sistems" turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish hamda mulkiy turdagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish maqsadida Milliy gvardiya Toshkent viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari tomonidan Chirchiq shahrida navbatdagi targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Jizzax viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ullari hamda “Qo‘riqlash servis" DUK xodimlari bilan birgalikda xonadon va obyektlarning xavfsizligini ta’minlash hamda o‘g‘irlik va mol-mulklarga qasddan zarar yetkazish holatlarining oldini olish maqsadida savdo markazlari, ko‘ngilochar maskanlar hamda aholi ko‘p yig‘iladigan joylarda xizmat afzalliklari bo‘yicha targ‘ibot tashkil etildi.
Namangan shahar "Qo‘riqlash" bo‘limi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda qizil toifaga kiritilgan “Bo‘ston”, “Haqiqat” hamda “Boburshox” MFYlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish hamda mulkiy turdagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish maqsadida "Qo‘riqlash" xizmatining afzalliklari, turlari va tariflari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
MILLIY GVARDIYA MINTAQAVIY O‘QUV MARKAZLARIDA TINGLOVCHILAR NAVBATDAGI O‘QUV KURSLARINI YAKUNLADILAR
Kuni kecha Qarshi shahar "Qo‘riqlash" bo‘limi xodimlari uchun Qatag‘on qurbonlari davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.