SPORTNING KOʻPKURASH TURI BOʻYICHA "DINAMO" BIRINCHILIGI MUSOBAQASI BOʻLIB OʻTDI
Kuni kecha Fargʻona shahrida sportning koʻpkurash turi boʻyicha kuch tuzilmalari oʻrtasida Dinamo birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Bellashuvlar avvalida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga xavfsizlik qoidalari, shartlarni bajarish tartiblari tushuntirildi. Shundan soʻng, ishtirokchilar qizgʻin bahslarga kirishdilar. Oʻzaro doʻstlik, hamjihatlik va koʻtarinki kayfiyatda kechgan musobaqa davomida xodimlarning jismoniy imkoniyatlari sinovdan oʻtkazildi. Musobaqada jami 6 ta jamoa vakillari ishtirok etib, 100 va 3000 metrga yugurish, tosh koʻtarish, arqon tortish, granata uloqtirish shartlari boʻyicha gʻoliblik uchun kurash olib bordilar. Qizgʻin va murosasiz kurashlarga boy oʻtgan bahslarda Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 3 oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Yakunda gʻolib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.