Milliy gvardiya xodimlari OAV vakillarini tabriklashdi
Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan odilona va xalqparvar siyosatni keng targʻib etish va jamoatchilikka sifatli va shaffoflik bilan yetkazishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining xizmati beqiyosdir. Shu jumladan, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlarining yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligini taʼminlash kabi sharafli xizmatlarini jamoatchilikka yetkazish borasida ham OAV xodimlari fidoiylarcha va sadoqat bilan xizmat qilib kelmoqdalar.
Shu munosabat bilan hamda 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari bir guruh OAV xodimlari, jumladan, jurnalistlar, muharrirlar, blogerlar, bosma nashriyot xodimlari hamda jamiyat rivojiga oʻz hissasini qoʻshayotgan sohaning fidoyilarini bayram bilan muborakbod etishdi.
Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, inson manfaati yoʻlida jonkuyarlik va jonbozlik koʻrsatib, mehnat qilayotgan Siz, aziz jurnalistlar, nashriyot hamda axborot xizmati xodimlariga ulkan zafarlar tilaymiz.