Xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama etildi
Termiz shahrida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolarining muammolarini oʻrganish hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida mutasaddi idoralar vakillari hamkorligida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.
Unda Milliy gvardiya viloyat boʻyicha boshqarmasi, viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati hamda Termiz harbiy prokuraturasi masʼullari qatnashdi.
Dastlab rahbariyat tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritilib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yoʻlida olib borilayotgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtildi. Shundan soʻng, xodimlar va ularning oila aʼzolari mutasaddi rahbarlarga oʻz savol va takliflari, murojaatlarini yoʻlladilar.
Ommaviy sayyor qabulda 300 nafardan ortiq xodim va ularning oila aʼzolari ishtirok etdi, ulardan turli muammo va huquqiy masalalarda murojaat qabul qilinib, ijobiy hal etish choralari koʻrildi.