Yangiliklar

28 Iyun 2024

"Qatʼiy harbiy va mehnat intizomi – boʻlinmalarning axloqiy-ruhiy barqarorligi" kafolati mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Kuni kecha shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, turli xildagi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish borasidagi ishlar doirasida Qashqadaryo viloyati Milliy gvardiya boʻyicha boshqarmasida xodimlar ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati, Qarshi harbiy prokurori hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlimi masʼullari hamkorligida harbiy intizom va huquq tartibotini mustahkamlash, shaxsiy tarkibni hayotini va sogʻligini asrash, yoʻl-transport hodisalari hamda qonun buzilishi holatlarini oldini olish – har bir kishining vazifasi ekanligi taʼkidladi.
Tadbir yakunida qatnashchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.