Yangiliklar

28 Iyun 2024

“ZAKOVAT” – ZUKKOLIK, TEZKORLIK, YUQORI BILIMNI TALAB ETUVCHI BELLASHUVDIR

Yoshlar, harbiy xizmatchi va xodimlarning mantiqiy bilimlarini oshirish va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda "Yoshlar oyligi" doirasida Samarqand va Fargʻona viloyatlarida Milliy gvardiya hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkazildi. Unda Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari, "Qoʻriqlash" boshqarmalari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari, oliy taʼlim talabalardan iborat jamoalar ishtirok etishdi.
Tadbirlar avvalida soʻzga chiqqanlar tomonidan ishtirokchilarga omad tilandi. Shundan soʻng oʻyinlarga start berildi. Barcha jamoa vakillari mazkur musobaqadan oʻzlari uchun ulkan tajriba toʻplashdi. Sogʻlom raqobat va doʻstona ruhda oʻtgan “Zakovat” turnirlari yakunida barcha ishtirokchilarga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.