Yangiliklar

26 Iyun 2024

BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ

Huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni salbiy taʼsirlardan saqlash, eng xavfli jinoyatlardan biri hisoblangan, insoniyat tomonidan "Asr vabosi" deb, tan olingan giyohvandlik illatiga qarshi kurash hamda xodimlarni bu illat domiga tushib qolishlarini oldini olish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Xodimlarni ushbu illatning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik, giyohvandlik oqibatida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan jinoyatlarning oldini olish maqsadida koʻplab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi oʻrtasida Fargʻona shahar Narkologiya dispanseri masʼul xodimlari bilan hamkorlikda "Biz giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan, hozirgi kunda xodimlar orasida giyohvandlik vositalari boʻlgan psixofaol dori vositalarini isteʼmol qilish holatlarining uchrab turishi, zamonaviy bilim va kasbga ega boʻlishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib berilgan boʻlishiga qaramay, narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir qilishlari va giyohvandlik yoʻliga kirib ketayotganligi boʻyicha aniq misollar keltirib oʻtildi.
Albatta mana shunday tadbirlar giyohvandlikning zararli oqibatlari haqidagi tushuntirish-targʻibot ishlarining koʻplab oʻtkazilishi kelgusida xodimlarning sogʻligi, hayoti va kelajagini saqlash yoʻlidagi muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.