Toshkent shahar IIBB tomonidan Bektemir tumani "Qoʻriqlash" boʻlimi navbatchilik qismiga ushbu tumanda joylashgan “Xostel” mehmonxonalarining biriga qidiruvda boʻlgan 26 yoshli fuqaro A.E. joylashganligi toʻgʻrisida xabar berilgan.
Sana munosabati bilan namoyish etilgan mazkur asar Milliy gvardiya qoʻmondoni tashabbusi bilan, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda tizim harbiy xizmatchi va xodimlaridan iborat ijodiy guruh tomonidan tayyorlanib, unda “mashʼum urush” yillarida jasoratli ota-bobolarimiz, matonatli onalarimizning boshdan kechirgan ogʻir damlari hamda xalqimiz dardi yodga olingan.
Ajdodlarimizni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, eʼzozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Vatan ozodligi, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok boʻlgan ota-bobolarimizni muqaddas xotirasini yod etib, bugungi kunda el ardogʻida umrguzaronlik qilayotgan keksalarga alohida hurmat-eʼtibor koʻrsatish yurtimizda anʼanaga aylangan.
Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Jasorat – millat gʻururi va iftixori” shiori ostida maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Tadbirni "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi ochib berib, tinchlikni asrash uchun jon fido etgan, oʻz umrini Milliy gvardiya tizimini rivojlantirish, xalq osoyishtaligini asrash, jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻlida baxshida qilgan insonlarni yod etish hozirgi avlod uchun ham qarz ham farz ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish uchun keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida soha faxriylari, shaxsiy tarkib, shuningdek Milliy gvardiya harbiy-musiqa akademik litseyi oʻquvchilari va Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari, Milliy gvardiyaga biriktirilgan maktab oʻquvchilari ishtirokida "Jasorat – millat gʻururi va iftixori" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.
Yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik ruxini shakllantirish, ularning ongida vatanga boʻlgan muhabbat va sadoqat tuygʻularini uygʻotish hamda harbiylik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini orttirish maqsadida bugungi kunda Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan ham bir qator tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.