Yangiliklar

13 May 2025

Xodimlarining farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga oʻqish uchun kvotalar ajratib kelinmoqda

Xabaringiz bor, xodimlarning farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga oʻqish uchun kvotalar ajratib kelinmoqda. Kuni kecha navbatdagi tavsiyanomalarni topshirish marosimlari Buxoro hamda Surxondaryo viloyatlari Qoʻriqlash boshqarmalarida boʻlib oʻtdi. Marosimlarda tizimda koʻp yillar davomida vatan tinchligi yoʻlida oʻzining fidokorona mehnati va namunali xulqi bilan xizmat qilib kelayotgan xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirok etishdi.
Soʻz olganlar hozirgi tinch va osoyishta zamonda vatanimiz tinchligi yoʻlida xizmat qilish yuksak sharaf ekanligi va berilayotgan imkoniyatlardan yosh avlod vakillari unumli foydalanishlari lozimligiga toʻxtalib oʻtildi.
Shundan soʻng tavsiyanomalar oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi. Imtiyozli tavsiyanomalar olgan yoshlarning ota-onalari ham berilgan bunday imkoniyatdan xursand. Albatta, ular farzandlarining vatanga fidoyilik bilan xizmat qiladigan insonlar boʻlib yetishishga ishonchi komil.