Yangiliklar

14 May 2025

Qatogʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda "Mustaqillik" maydoniga tashrif buyurildi

Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilarining dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazishlari hamda ularni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning amalga oshirgan buyuk ishlari bilan yaqindan tanishishlarini taʼminlash maqsadida Qatogʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda "Mustaqillik" maydonida joylashgan Ulugʻ Vatan urushida halok boʻlgan oʻzbek askarlariga bagʻishlangan maydonga tashrif buyurishlari taʼminlandi.
Tashrif davomida tinglovchilar, muzeyda saqlanayotgan eksponatlari, tarixiy hujjatlar, turli adabiyotlar, qurol-aslahalar va boshqa turdagi noyob buyumlar, Ulugʻ Vatan urushi frontlaridan qaytmagan oʻzbekistonlik askar va ofitserlarning ismlari bilan yaqindan tanishdilar.