Yangiliklar

12 May 2025

Qoʻriqlash boshqarmasida xodimlarning ota-onalari bilan suhbat oʻtkazildi

Yoshlarni ish bilan taʼminlash, Qoʻriqlash xizmatiga malakali yosh nomzodlarni ishga saralab olish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasidagi boʻsh boʻlgan saf boʻlinmalariga harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalaridan yangi nomzodlar qabul qilindi.
3 kun davom etgan tanlovda nomzodlar boʻy oʻlchash, sport hamda psixologik test sinovlaridan saralanib olindi. Kuni kecha mazkur tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan harbiylashtirilgan soqchilik va qorovullik boʻlinmalari xodimlari hamda ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Suhbatlar davomida boshqarma boshligʻi, uning oʻrinbosari hamda shaxsiy xavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishlari xususida toʻxtalib oʻtildi.
Yakunda esa tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan atroflicha javob oldilar.