Xodimlarning farzandlariga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun maxsus kvotalar ajratib kelinmoqda
Bilamizki, xodimlarning farzandlariga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun maxsus kvotalar ajratib kelinmoqda. Kuni kecha Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlari Qoʻriqlash boshqarmalarida, sohada koʻp yillar davomida oʻzining fidokorona mehnati va namunali xulqi bilan xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarning farzandlari uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tavsiyanomalar topshirish marosimlari boʻlib oʻtdi.
Tadbirlar avvalida soʻz olganlar hozirgi tinch va osuda zamonda vatanimiz tinchligi yoʻlida xizmat qilish yuksak sharaf ekanligi va berilayotgan imkoniyatlardan yosh avlod vakillari unumli foydalanishi lozimligiga toʻxtalib oʻtishdi.
Shundan soʻng tavsiyanomalar oʻz egalariga tantanali ravishda esdalik sovgʻalari bilan birga topshirildi. Imtiyozli tavsiyanomalar olgan yoshlarning ota-onalari ham berilgan bunday imkoniyatdan xursand. Ular farzandlarining vatanga fidoyilik bilan xizmat qiladigan insonlar boʻlishiga ishonchi komil. Bu yosh avlod uchun katta hayotga qadam qoʻyishda muhim omil boʻladi.