Yurtimiz osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlar xotirasiga hurmat koʻrsatilmoqda
Bugungi osoyishta kunlar uchun nafaqat mustaqillik yillarida, shu bilan birga ayni kunlarda yurtimiz osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlar xotirasiga hurmat koʻrsatilmoqda.
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qoʻriqlash xizmatida xizmat qilib, xizmat vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari holidan xabar olindi.
Vatan oldidagi burchini ado etish chogʻida yurtimiz ozodligi, xalqimizning bugungi tinch va osoyishta hayotini taʼminlash yoʻlida halok boʻlgan mard va jasur oʻgʻlonlarimizning aziz xotirasiga ehtirom koʻrsatish biz uchun ham farz, ham qarzdir.