Xizmat intizomini mustahkamlash borasidagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Jizzax viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida videoselektor tarzida xodimlar ishtirokida xizmat intizomiga rioya qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda xodimlarning sodir etishi mumkin boʻlgan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olish, har qanday qonun buzilishi holatlarga jazo muqarrar ekanligi, noqonuniy ishlarga aralashmaslik, korrupsion holatlarning salbiy jihatlari, xizmat vakolatini suiisteʼmol qilmaslik, qonun talablariga qatʼiy rioya etish kabi bir nechta yoʻnalishlarda muhim maʼlumotlar berilib oʻtdi.
Shuningdek, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, xodimlar bilan bogʻliq salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar shaxsiy tarkibga yetkazilishi boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini yetarli darajada olib borish, ijrochilik intizomiga rioya qilish lozimligini alohida taʼkidlandi.