Xodimlar va ularning oila aʼzolari qadimgi Samarqand shahridagi tarixiy obidalar, yodgorliklar bilan tanishdilar
Samarqand viloyati takrorlanmas tarixiy, madaniy, meʼmoriy meros obyektlari bilan turistlarni oʻziga keng jalb etadigan manzil hisoblanadi.
Kuni kecha Qoʻriqlash Departamenti xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun yer yuzining sayqali, hamisha boqiy Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida, dastlab, xodimlar Amir Temur maqbarasini ziyorat qildilar. Shundan soʻng, Registon ansamblidagi tarixiy obidalar bilan tanishdilar. Bibixonim va Hazrati Xizr masjidlari, Shohi Zinda yodgorligi, Xoʻja Doniyor ziyoratgohi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasini koʻzdan kechirar ekanlar ushbu tarixiy imoratlar ajdodlarimizning bunyodkorligidan dalolat ekanligiga guvoh boʻldilar.
Kun davomidagi sayohat xodimlar xotirasida uzoq vaqt saqlanib, unutilmas taassurotlarga boy boʻlib qoladigan boʻldi.