Yangiliklar

29 Mart 2024
Batafsil
“YOSH GVARDIYACHILAR” IXTISOSLASHTIRILGAN SINFI OCHILISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

Kuni kecha Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan 10-sonli umumtaʼlim maktabida "Yosh gvardiyachilar" ixtisoslashtirilgan sinfi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi, tuman xokimligi, maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi, mahallalar faollari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.

29 Mart 2024
Batafsil
XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH MAQSADIDA UCHRASHUV OʻTKAZILDI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Qoʻriqlash" boshqarmasida huquqbuzarliklar profilaktikasi kunida “Harom luqmaga intilganlar” mavzusida boshqarma shaxsiy tarkibi va hududiy "Qoʻriqlash" boʻlimlari boshliqlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

29 Mart 2024
Batafsil
XODIMLAR HAMDA ULARNING OILA AʼZOLARI UCHUN SAYYOR QABUL TASHKILLASHTIRILDI

Xorazm viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar saflarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkazida Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda sayyor qabul va boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

28 Mart 2024
Batafsil
MUZEYLAR – MADANIY-MAʼNAVIY MEROS OʻCHOGʻIDIR

Muzeylar — tarixning sirli xilqatlarini oʻzida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi koʻprik hisoblanadi. Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlarini oʻz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuygʻularini shakllantirish maqsadida, Margʻilon shahrida joylashgan “Erkin Vohidov” nomli muzeyga ekskursiya uyushtirildi.

27 Mart 2024
Batafsil
YOSHLAR UCHUN OCHIQ ESHIKLAR KUNI TASHKIL ETILDI

Yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik ruxini shakllantirish, ularning ongida vatanga boʻlgan muhabbat va sadoqat tuygʻularini uygʻotish hamda harbiylik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini orttirish maqsadida bugungi kunda Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan ham bir qator tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

27 Mart 2024
Batafsil
TEATR – MAʼNAVIYAT OʻCHOGʻI

Kuni kecha Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Milliy gvardiya Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan xodimlar va ularning oila-aʼzolarining maʼnaviyatini yuksaltirish, shuningdek boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va madaniy xordiq olishlarini taʼminlash maqsadida spektakl namoyishi etildi.

27 Mart 2024
Batafsil
SAMARQAND SHAHRIDA JOYLASHGAN AFROSIYOB MUZEYIGA EKSKURSIYA UYUSHTIRILDI

Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlarini oʻz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuygʻularini shakllantirish maqsadida Samarqand shahrida joylashgan Afrosiyob muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.

26 Mart 2024
Batafsil
KIBERSPORT MUSOBAQASI BOʻLIB OʻTDI

Yurtimizda kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha ekotizim yaratish, musobaqalar va turnirlarni tizimli ravishda oʻtkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash hamda ularni professional kibersportga yoʻnaltirish, axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni sohaga jalb qilish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.