Yangiliklar

16 Mart 2025

Xodimlar bilan turli mavzularda seminarlar va davra suhbatlari olib borilmoqda

Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi psixologlari tomonidan Qoʻriqlash tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning psixologik bilimlarini oshirish, xizmat faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida muntazam ravishda xodimlar bilan turli mavzularda seminarlar va davra suhbatlari olib borilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Samarqand shahar Qoʻriqlash boʻlimida sezgirlikni oshirish va xotirani mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi trening mashgʻulotlari tashkil etildi. Ushbu treningning asosiy maqsadi – Qoʻriqlash xizmatidagi xodimlar oʻrtasida yoki jamoada ishlashda kerakli psixologik koʻnikmalarni shakllantirish va ularning shaxslararo munosabatlarda samaradorlikni oshirish. Bundan tashqari, trening davomida ishtirokchilarning muvozanatli va samarali ishlash uchun zarur boʻlgan kommunikativ koʻnikmalari ham rivojlandi.