Yangiliklar

17 Mart 2025

Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Unda shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash, qonunbuzarliklarning oldini olish hamda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda shahar va tuman boʻlimlari xodimlari videoselektor orqali ishtirok etib, oʻz fikr va takliflarini bildirdi. Uchrashuv davomida xizmat intizomiga rioya qilishning ahamiyati, huquqbuzarliklarning oldini olishdagi samarali chora-tadbirlar va xodimlarning kasbiy malakasini oshirish yoʻllari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga amaliy tavsiyalar berilib, qonunchilikni buzish holatlarini oldini olish boʻyicha aniq mexanizmlar belgilab olindi. Bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom ettirilishi va xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻlamini kengaytirish rejalashtirilgan.