Yangiliklar

15 Mart 2025

Tarixsiz kelajak yoʻq

Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi Qarshi shahar Qoʻriqlash boʻlimi xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtqazish maqsadida Oʻlkashunoslik muzeyiga sayohat tashkil etildi. Taʼkidlash joizki, Qashqadaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyi — madaniy-maʼrifiy muassasa. 1975 yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan. Muzeyda tarix, xalq amaliy sanʼati, tabiat, xotira va qadriyat boʻlimlari bor. Muzey fondida 20 mingdan ziyod numizmatika, arxeologiya, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, tarixiy hujjatlar, nodir qoʻlyozmalar, kitoblar, maishiy va etnografiyaga oid eksponatlar mavjud. Muzey ilmiy tekshirish ishlari olib boradi, fondini boyitadi, kitob, kataloglar nashr etadi. Jumladan, Rimda fransuz tilida chop etilgan "Qarshi oʻlkashunoslik muzeyidagi sharq qoʻlyozmalari katalogi" va boshqalar Mustaqillik yillaridan Qashqadaryo iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayoti sohasida qoʻlga kiritilgan yutuqlar, fan taraqqiyotini namoyon etuvchi eksponatlar bilan boyitilmoqda.
Xodimlar muzeyga tashrif davomida uzoq oʻtmishdan soʻzlovchi eksponatlar toʻgʻrisida yetarlicha maʼlumotlarga ega boʻlishdi.