Yangiliklar

4 Aprel 2024
Batafsil
Surxondaryoda "Yosh gvardiyachilar" ixtisoslashtirilgan sinflari soni ortmoqda

Oʻquvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Surxondaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablarida “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Kuni kecha Jarqoʻrgʻon tumanidagi 2 ta maktabda Milliy gvardiya sinflari ochilgan boʻlsa, bugun Termiz tumanidagi 3 sonli hamda 1 sonli umumtaʼlim maktablarida "Yosh gvardiyachilar" ixtisoslashtirilgan sinflari tashkil etildi.

4 Aprel 2024
Batafsil
“HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH” MAVZUSIDAGI UCHRASHUV OʻTKAZILDI

Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi. “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusidagi uchrashuvda Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi masʼullari hamda xodimlar ishtirok etishdi.

4 Aprel 2024
Batafsil
SAMARQANDDA 10 KILOMETRGA YUGURISH MARAFONI OʻTKAZILDI

Samarqand turizm markazida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi tashabbusi bilan 10 kilometrga yugurish marafoni oʻtkazildi.

4 Aprel 2024
Batafsil
MILLIY GVARDIYA QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MINTAQAVIY OʻQUV MARKAZIDA NAVBATDAGI DAVRA SUHBATI

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasining mas‘ullari tomonidan oʻquv markazi doimiy va oʻzgaruvchan shaxsiy tarkibi orasida "Harom luqma tushunchasi va uning asorati" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

3 Aprel 2024
Batafsil
Yugurish marofoni – katta kichikni bir maqsad atrofida birlashtirdi

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi bilan birgalikda harbiy xizmatchi, xodimlar va ularning oila-aʼzolarining salomatligini yaxshilash, sport turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida yugurish marafoni oʻtkazildi.

2 Aprel 2024
Batafsil
TEATR – MAʼNAVIYAT OʻCHOGʻI

Oilaviy bolalar uylari farzandlarining boʻsh vaqtlarini maroqli va mazmunli oʻtkazish maqsadida teatrlarga tashriflar tashkil etildi

2 Aprel 2024
Batafsil
Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar jadal bilan olib borilmoqda

Xabaringiz bor, respublikamiz boʻylab “Yashil makon” loyihasining bahorgi mavsumiga start berilib, mahallalar, koʻp qavatli uylar hamda markaziy koʻchalar atrofiga turli koʻchatlar ekilmoqda hamda ularning parvarishi taʼminlanmoqda.

2 Aprel 2024
Batafsil
TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYIGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.