SAMARQANDDA 10 KILOMETRGA YUGURISH MARAFONI OʻTKAZILDI
Samarqand turizm markazida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi tashabbusi bilan 10 kilometrga yugurish marafoni oʻtkazildi.
Marafonda Milliy gvardiya hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Kurashlarga boy tarzda oʻtgan marafonda ishtirokchilar yugurish davomida marraga birinchilardan boʻlib yetish maqsadida shiddat bilan harakat qilishdi. Musobaqa yakuniy natijalariga koʻra gʻolib va sovrindorlar Milliy gvardiya rahbariyati tomonidan diplom, medal hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.