TEATR – MAʼNAVIYAT OʻCHOGʻI
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi tashabbusi bilan Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida barcha oilaviy bolalar uylari farzandlari Nukus shahrida joylashgan teatrlarga olib borildi. Teatr xodimlari tomonidan tomoshabinlarga qiziqarli sahna koʻrinishlari namoyish etilib, har bir chiqishlar yoshlarda Ona Vatanga muhabbat, sadoqat va fidoyilik kabi insoniylik qadriyatlarni shakllantirishda oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatadi.