Yangiliklar

3 Aprel 2024

Yugurish marofoni – katta kichikni bir maqsad atrofida birlashtirdi

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi bilan birgalikda harbiy xizmatchi, xodimlar va ularning oila-aʼzolarining salomatligini yaxshilash, sport turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida yugurish marafoni oʻtkazildi.
Vatanni, yurtni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari musobaqa ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Ularning marraga tez yetib borishlariga kuch ulashdi. Musobaqa yakuniy natijalariga koʻra gʻolib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalariga ega boʻldilar.