“HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH” MAVZUSIDAGI UCHRASHUV OʻTKAZILDI
Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi. “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusidagi uchrashuvda Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi masʼullari hamda xodimlar ishtirok etishdi.
Unda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritilib, giyohvandlik va firibgarlik kabi holatlarni oʻz vaqtida oldini olish va bartaraf etish asosiy vazifalardan biri ekanligi taʼkidlandi.
Shuningdek, xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar xususida ham toʻxtalib oʻtildi. Qoʻpol xatoliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan tegishli jazolar tayinlanishi toʻgʻrisida maʼlumotlar hamda ularning huquqiy bilimlarini yanada oshirib borishda zarur boʻlgan kerakli tavsiyalar berildi. Yigʻilganlarga mavzuga oid videorolik namoyish etildi.
Tadbir davomida xizmat intizomiga rioya etish, shukronalik hissi ila xizmatni olib borish har bir xodim oldida turgan oliy burch ekanligi yana bir bor eslatib oʻtildi.