Intellektual salohiyatli va bilimli yoshlar xar qanday jamiyatning rivojiga oʻz hissalarini qoʻshadi. Shu bois, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi hamda Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi bilan hamkorlikda yoshlarning mantiqiy fikrlashiga xizmat qiladigan intellektual bahslarni tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Milliy gvardiya mintaqaviy oʻquv markazlari bugun intellektual salohiyati yuqori boʻlgan kadrlar zaxirasini shakllantirishda muhim asos boʻlib kelmoqda. Belgilangan reja asosida Huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi va Milliy gvardiya saflaridagi harbiy xizmatchi va xodimlarning malakasi ham oshirilmoqda.
"Qoʻriqlash" saflarida xizmat qilayotgan xodimlarning xizmat intizomini yanada mustahkamlash, ular orasida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish va ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Milliy gvardiya Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida videoselektor tarzida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 3-5 aprel kunlari Andijon viloyatida xizmat koʻpkurashi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Tarix – bu xar birimizning oʻtgan kunimiz va unda qoldirgan yaxshi hamda yomon izlarimizdan iboratdir. Tarixni yodda saqlab yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻgʻrilash hamda ajdodlar jasoratidan oʻrnak olishimiz zarur. Bu borada muzeylar alohida ahamiyatga ega. Ushbu maskanlar xar bir hudud aholisi, turmush tarzi, madaniyati va tabiatidan guvohlik beradi.
Oʻquvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Surxondaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablarida “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda. Kuni kecha Jarqoʻrgʻon tumanidagi 2 ta maktabda Milliy gvardiya sinflari ochilgan boʻlsa, bugun Termiz tumanidagi 3 sonli hamda 1 sonli umumtaʼlim maktablarida "Yosh gvardiyachilar" ixtisoslashtirilgan sinflari tashkil etildi.
Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi. “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusidagi uchrashuvda Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi masʼullari hamda xodimlar ishtirok etishdi.
Samarqand turizm markazida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi tashabbusi bilan 10 kilometrga yugurish marafoni oʻtkazildi.