Yangiliklar

5 Aprel 2024

XIZMAT KOʻPKURASHI BOʻYICHA MUSOBAQA BOʻLIB OʻTDI

Joriy yilning 3-5 aprel kunlari Andijon viloyatida xizmat koʻpkurashi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqa shartlariga koʻra ishtirokchilar turnikda tortilish, qisqa va uzoq masofaga yugurish, oʻq otar quroldan merganlik, suzish mashqlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
Qizgʻin va murosasiz bahslar yakuniy natijalariga koʻra jamoaviy hisobda 1 oʻrinni Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi, 2 oʻrinni Toshkent shahar boshqarmasi, 3 oʻrinni esa 65921-sonli harbiy qism jamoalari qoʻlga kiritdilar.
Gʻolib va sovrindorlar Milliy gvardiyaning diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.