"ZAKOVAT" INTELLEKTUAL OʻYINI TASHKIL ETILDI
Intellektual salohiyatli va bilimli yoshlar xar qanday jamiyatning rivojiga oʻz hissalarini qoʻshadi. Shu bois, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi hamda Navoiy viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi bilan hamkorlikda yoshlarning mantiqiy fikrlashiga xizmat qiladigan intellektual bahslarni tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Kuni kecha, ana shunday bahslardan biri vatan tayanchi bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryadlari oʻrtasida oʻtkazildi. Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslarda bilimli jamoalar yaqqol namoyon boʻldi. Bahslar soʻngida hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan gʻolib deb topilgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.