Yangiliklar

6 Aprel 2024

MUHOKAMA MARKAZIDA XIZMAT INTIZOMI MASALALARI BOʻLDI

"Qoʻriqlash" saflarida xizmat qilayotgan xodimlarning xizmat intizomini yanada mustahkamlash, ular orasida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish va ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Milliy gvardiya Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida videoselektor tarzida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, korrupsion holatlarning oldini olish hamda virtual olamda avj olayotgan tavakkalchilikka asoslangan turli oʻyinlarning ayanchli yakuni kabi dolzarb mavzular haqida soʻz bordi. Shaxsiy tarkib orasidagi muammolarni oʻrganish, ularni erta aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida masʼullarga zaruriy koʻrsatmalar ham berildi.
Oʻtgan 3 oy davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va xizmat intizomi buzilish holatlari aniq misollar va videoroliklar bilan koʻrsatib oʻtildi.
Bu kabi tadbirlar xodimlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni oldini olish hamda ijtimoiy muhitni yaxshilashga xizmat qilmoqda.