Yangiliklar

5 Aprel 2024

TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YOʻQ

Tarix – bu xar birimizning oʻtgan kunimiz va unda qoldirgan yaxshi hamda yomon izlarimizdan iboratdir. Tarixni yodda saqlab yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻgʻrilash hamda ajdodlar jasoratidan oʻrnak olishimiz zarur. Bu borada muzeylar alohida ahamiyatga ega. Ushbu maskanlar xar bir hudud aholisi, turmush tarzi, madaniyati va tabiatidan guvohlik beradi.
Bugun Namangan viloyati Uychi tumani "Qoʻriqlash" boʻlimiga biriktirilgan mahallalaridagi yoshlar va oʻquvchilar uchun Chortoq tumanida joylashgan Koroskon tarixiy muzeyiga sayohat tashkil etildi. Muzey mutaxassislari tomonidan eksponatlar, shuningdek oʻlkamiz tarixi va urush yillaridagi xalqimiz jasoratidan guvohlik beruvchi burchak bilan tanishtirildi.