Toshkent harbiy prokuraturasi hamda shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamkorligida Olmazor tumanidagi 2-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida sportning mini-futbol turi boʻyicha "Harbiy prokuror kubogi" uchun sport musobaqasi oʻtkazildi.
Xodimlar hamda ularning oila aʼzolari, shuningdek maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini maroqli va mazmunli oʻtkazish maqsadida teatrga tashrif takshil etildi
Uch kun davom etgan tanlovlarda Uchquduq tumanida “Qulquduq”, Tomdi tumanida “Ayaqquduq” va Zarafshon shahrida “Daugiztau” oʻquvchi qizlar qamrab olindi.
Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning 5 fevral kuni oʻtkazilgan ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilishda maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga oʻtkazildi.
Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlarini oʻz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab avaylash tuygʻularini shakllantirish maqsadida Fargʻona shahrida joylashgan Oʻlkashunoslik muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi. “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida olib borilgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalari ishtirok hamda "Qoʻriqlash" xizmati xodimlari ishtirok etishdi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori rahbarligida Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Harbiy prokuratura hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi. Dastlab, harbiy xizmatchi, xodimlar hamda ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda bugungi kunda xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar, ijtimoiy himoyasi borasidagi olib borayotgan ishlar xususida mutasaddilar tomonidan aytib oʻtildi.
Chilonzor tumanidagi 195-maktabning sakkizinchi sinf va 178-maktabning 11-sinf oʻquvchilari yonida "babochka" nomli yigʻma pichoqlar olib yurganligi aniqlandi. Sergeli tumanidagi 267-maktabning 9-sinf oʻquvchisidan esa "ruchka" koʻrinishidagi pichoq olib qoʻyildi.