Yangiliklar

17 Yanvar 2025

Ruhiy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida psixologik treninglar tashkil etilmoqda

“Qoʻriqlash” bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari psixolog-mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda shaxsiy tarkib bilan psixologik mashgʻulotlari olib borilib, bunda xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida sogʻlom, maʼnaviy-ruhiy muhitni kamol toptirish, xizmat faoliyati davomida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Kuni kecha shaxsiy tarkib ishtirokida navbatdagi ana shunday treninglar oʻtkazildi. Psixologik treninglarda qatnashgan har bir xodimning psixologiyani chuqurroq tushunish va undan ish faoliyatida samarali foydalanish koʻnikmalari rivojlantirildi. Bundan tashqari, jamoa bilan ishlash, stressni boshqarish, ish joyidagi munosabatlarni yanada musaffo va konstruktiv qilib yaratishga qaratilgan interaktiv mashgʻulotlar tashkil etildi.
Bu, xodimlarning psixoemotsional holatini barqarorlashtirish va ularni ruhan kuchli, ishchan va motivatsiyalangan holatga keltirishda muhim qadam boʻldi. Shuningdek, har bir xodim bilan individual chuqurlashtirilgan psixodiagnostik suhbatlar oʻtkazildi. Taʼkidlash joizki, bu kabi uchrashuvlar, jamoadagi muhitni yaxshilash, xodimlar orasida hamjihatlik va doʻstlikni mustahkamlash, ishchanlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.