"Posboniman muqaddas yurtning" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamkorligida "Posboniman muqaddas yurtning" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.
Mazkur tanlovda harbiy xizmatchi va xodimlar yurtimizning tinchligi, mustaqilligi va xalqi uchun jangovar xizmat qilish kabi muqaddas burchlarning ahamiyatini yoritish, vatanga sadoqat va jonkuyarlik hissini namoyon etishdi. Insholar tanlovi har bir ishtirokchiga oʻz fikrlarini bevosita va yuksak maʼnaviy qadriyatlar asosida ifodalash imkonini berdi. Tanlov Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetning professor oʻqituvchilari tomonidan kuzatib borildi.
Tanlovning natijalariga koʻra, uchinchi oʻrin "Qoʻriqlash" xizmati xodimi E.Qoʻchqorov, ikkinchi oʻrin harbiy xizmatchi T.Umaraliyev, birinchi oʻringa esa harbiy xizmatchi A.Qodirov munosib deb topildi.
Yakunda tanlovida faol ishtirok etgan hamda gʻolib boʻlgan qatnashchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.