Yangiliklar

18 Yanvar 2025

Xodimlar ishtirokida sport tadbirlari va musobaqalar tashkil etilmoqda

Xodimlar orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularni sportga jalb qilish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazil maqsadida qator sport tadbirlari va musobaqalar tashkil etilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha Boshqarma boshligʻi kubogi uchun musobaqa tashkil etildi. Mazkur musobaqada "Qoʻriqlash" boshqarmasining shahar va tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari jamoalari gʻoliblik uchun oʻzaro bellashdilar.
Tadbirda har bir jamoa oʻzining kuchli tomonlarini namoyon etgan holda, sportning ushbu turi boʻyicha gʻoliblik uchun maksimal foydalanishga harakat qildi. Musobaqa nafaqat kuchli raqobat, balki xodimlarning jamoaviy ishlash koʻnikmalarini oshirishga ham xizmat qildi.
Bundan tashqari, Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida koʻpkurash va mini-futbol boʻyicha ham musobaqalar oʻtkazildi. Mazkur bellashuvlar har yilgi anʼanaviy musobaqa sifatida uyushtirilib, nafaqat jismoniy tayyorgarlikni, balki jamoaviy ruh va uyushqoqlikni ham targʻib qilishga qaratilgan.
Musobaqalarda boshqarmaning shahar-tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlaridan jamoalar qatnashib, tosh koʻtarish, turnikda tortilish, kuch sinashish kabi shartlarda oʻz mahoratini namoyon etishga harakat qilishdi. Bellashuvlar qizgʻin bahslarga boy boʻlib, har bir jamoa oʻz mahoratlarini yanada oshirish imkoniyatiga ega boʻldi.
Har bir musobaqaning yakunida gʻolib jamoalar va alohida faol qatnashgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.