Yangiliklar

23 Yanvar 2025

"Oʻzbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi

Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda Samarqand harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida shahar va tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari shaxsiy tarkibi bilan "Oʻzbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Samarqand harbiy prokurori yordamchisi adliya podpolkovnigi R.Latipov yigʻilganlarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, diniy taʼlim olish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi toʻgʻrisida soʻz yuritib, xodimlarga yod gʻoyalarga aldanib qolmasliklari boʻyicha tushunchalar berib oʻtdi.
Shuningdek oʻtgan davr mobaynida qonunchilik va xizmat intizomi buzilishi boʻyicha yoʻl quyilgan kamchiliklarga alohida toʻxtalib, ushub yoʻnalishda oqsayotgan rahbarlarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.