Yangiliklar

20 Yanvar 2025

Xizmat intizomi bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi

Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida videoselektor tarzida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Ochiq muloqotlarda shaxsiy tarkibga xizmat intizomini yanada mustahkamlash, shaxsiy tarkib orasida korrupsion jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, kiberjinoyatlar haqida toʻxtalib oʻtildi.
Vatan tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida xizmat qilish eng sharafli burch ekanligi eʼtirof etilib, bir kunlik tinchlik yoʻlida qilingan xizmatning savobi ulugʻligi, bu neʼmatning qadriga yetish, oʻz kasbidan faxrlanish, shukronalik hissi bilan yashash oliy qadriyat ekanligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, xizmat vaqtida sergaklikni oshirish, joylarda jamoat tartibini saqlash masalalariga alohida eʼtibor qaratish lozimligi qayd etildi.
Uchrashuvda masʼul ofitserlarga boʻlimlarda shaxsiy tarkib bilan profilaktik tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish, xodimlarning mavjud muammolarini oʻrganish va bartaraf etish, ularga qulay xizmat sharoitini yaratish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.