Yangiliklar

20 Yanvar 2025

Targʻibotlar mahallalar kesimida davom etmoqda

Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida mahallalarda aholi ishtirokida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Tadbirlarning maqsadi – fuqarolarni "Qoʻriqlash" xizmatidagi zamonaviy texnologiyalar va ularning xavfsizlikni taʼminlashdagi ahamiyati bilan tanishtirish, shuningdek, bu vositalarni hayotga tadbiq etish orqali xavfsizlik darajasini oshirishdan iborat.
Navbatdagi profilaktik uchrashuvlarda xodimlar, oʻtgan davr mobaynida hududlarda sodir etilgan oʻgʻirlik holatlari haqida toʻxtalib oʻtib, oldini olish choralarini koʻrish, hushyorlikni oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlashdi. Mazkur yoʻnalishda "Qoʻriqlash" boshqarmasining mavjud imkoniyatlaridan foydalanish xavfsizlik va xotirjamlikning kafolati ekanligi tushuntirildi. OBYEKT va xonadonlarga oʻrnatiladigan qoʻriqlov hamda yongʻindan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari haqida toʻliq maʼlumotlar berilib, ishlash tizimi koʻrsatib berildi. Targʻibotlar davomida ishonchli qoʻriqlash xizmatidan foydalanish istagini bildirgan fuqarolardan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, qoʻriqlovga olish choralari koʻrildi. Hududlarda mahalla va xonadonbay targʻibotlar davom etmoqda.