Yangiliklar

18 Yanvar 2025

Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq

Ertangi kunimiz egalari boʻlmish oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanga muhabbat, sadoqat, milliy anʼanalarga hurmat ruxida tarbiyalash hamda ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini shakllantirish orqaligina ham jismonan ham maʼnan yetuk, yot gʻoyalarga qarshi kuchli gʻoyaviy immunitetga ega boʻlgan vatanparvar avlodni tarbiyalash mumkinligi bugun hech birimizga sir emas.
Shu maqsadda Namangan shahar "Qoʻriqlash" boʻlimi xodimlari tomonidan shahardagi 1-sonli davlat ixtisoslashgan umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan Axsikent ochiq osmon ostidagi muzeyiga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida oʻquvchi yoshlarga Axsikent yodgorligi tarixi haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Bu esa, oʻz navbatida, bolajonlarda oʻzlari yashab turgan hudud naqadar koʻhna ekanligi va u yerdagi topilmalarni koʻrish orqali ajdodlari naqadar zakovatli insonlar boʻlganligini anglash va oʻz tarixi bilan faxr va gʻurur tuyushlariga turtki boʻldi.