“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida boʻlib oʻtgan tadbirda Milliy gvardiya Markaziy devoni, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi, Markaziy hamda Ipoteka banklarining mutaxassis xodimlari tomonidan kiberjinoyatlchiikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mamlakatimizda ushbu yoʻnalishda erishilayotgan yutuqlar haqida toʻxtalib oʻtildi.
Yoshlarning bandligini taʼminlash, muammolarini hal etish, ularning iqtidorlarini qoʻllab-quvvatlash, sportga jalb etish va ular oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan respublika yoshlari vazirlik va idoralarga biriktirib berildi. Hozirda Andijon viloyatidagi biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlash boʻyicha viloyat va tuman hokimliklari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, Yoshlar ishlari agentligi va "mahalla yettiligi" va masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda Milliy gvardiya qoʻmondonligi respublika ishchi guruhi ish olib borayapti.
Shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash hamda uning buzilish holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, turli xildagi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish, shuningdek, soha faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari ishtirokida videoselektor tarzida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, turli xildagi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish borasidagi ishlar hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida xodimlar ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Kuni kecha Surxondaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari oʻrtasida “Yangi Oʻzbekistonning sportchi harbiylar oilasi” shiori ostidagi sport musobaqalarining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda 8 ta oila 4 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
Sayohat davomida Mirzo Ulugʻbekning soʻnmas hayoti, ijtimoiy va maʼnaviy sohada amalga oshirgan ishlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Yosh xodimlarni vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli va vatan taqdiri, yurt tinchligi va himoyasi yoʻlida bor salohiyati bilan masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir etib tarbiyalash, bu borada zaruriy tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi hamda tinglovchilari oʻrtasida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.
Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ular orasida xizmat intizomini mustahkamlash hamda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida navbatdagi profilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi.