Yangiliklar

11 Iyul 2024

Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati, mazkur yoʻnalishda sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning oldini olishga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi

“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida boʻlib oʻtgan tadbirda Milliy gvardiya Markaziy devoni, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi, Markaziy hamda Ipoteka banklarining mutaxassis xodimlari tomonidan kiberjinoyatlchiikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mamlakatimizda ushbu yoʻnalishda erishilayotgan yutuqlar haqida toʻxtalib oʻtildi.
Masʼullar tomonidan fuqarolarning soxta qoʻngʻiroq va soxta ilovalarga aldanib qolayotgani, shubhali videomurojaatlarga ishonib, firibgarlar tuzogʻiga tushayotganlar soni tobora ortib borayotgani achinarli holatlarga olib kelayotgani aytildi.
Tadbir davomida "Qoʻriqlash" xizmati xodimlariga onlayn kredit rasmiylashtirish bilan bogʻliq firibgarliklar haqida ham maʼlumotlar yetkazilib, bu kabi noxush holatlarni oldini olishda muhim tavsiyalar yetkazildi. Kiberjinoyatlar aks ettirilgan videoroliklar namoyish etildi.
Uchrashuv soʻngida xodimlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.