SOGʻLOM OILA – SOGʻLOM JAMIYAT
Kuni kecha Surxondaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari oʻrtasida “Yangi Oʻzbekistonning sportchi harbiylar oilasi” shiori ostidagi sport musobaqalarining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda 8 ta oila 4 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
Oilaviy jamoalar tanishtirish, harbiy xizmatchi va xodimlarning turnikda tortinishi, farzandlarning futbol darvozasiga koptok tepishi, turmush oʻrtoqlarining basketbol toʻpini toʻrga tashlashi, quvnoq estafeta hamda kamondan otish sport turlarida oʻz mahoratlarini namoyon etdilar. Bellashuv nizomida belgilanganidek, ishtirokchi oilalar har bir shartni toʻgʻri va aniq bajarishlari talab etildi. Bunda ularning qanchalik epchil va chaqqonliklari ham eʼtiborga olindi.
Yakuniy natijalarga koʻra, gʻolib boʻlgan oilalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.