Andijon viloyati yoshlari bilan ishlash samaradorligini oshirish boʻyicha Milliy gvardiya respublika ishchi guruhi faoliyati
Yoshlarning bandligini taʼminlash, muammolarini hal etish, ularning iqtidorlarini qoʻllab-quvvatlash, sportga jalb etish va ular oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan respublika yoshlari vazirlik va idoralarga biriktirib berildi. Hozirda Andijon viloyatidagi biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlash boʻyicha viloyat va tuman hokimliklari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, Yoshlar ishlari agentligi va "mahalla yettiligi" va masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda Milliy gvardiya qoʻmondonligi respublika ishchi guruhi ish olib borayapti.
Dastavval respublika ishchi guruhi rahbari Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov raisligida voyaga yetmaganlar orasida sodir boʻlayotgan qonunbuzarliklar va ularning oldini olish, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni muhokamasiga bagʻishlangan video selektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Videoselektor davomida voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida Milliy gvardiya psixolog-inspektorlar va profilaktika inspektorlari, "mahalla yettiligi" hamkorligini jadallashtirish boʻyicha maʼruzalar qilindi. Ushbu yoʻnalishdagi mavjud muammolar yuzasidan muhokamalar oʻtkazildi va masʼullarga topshiriqlar berildi.
Shundan soʻng Namangan va Andijon viloyatlarida yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga daxldorlik, qonunga hurmat ruhida tarbiyalash va kasbga yoʻnaltirish boʻyicha navbatdagi “Vatanning sodiq yoshlari” nomli oʻquv yigʻini oʻtkazildi.
Oʻquv yigʻini doirasida "Yoshlar va rahbar uchrashuvi" tadbiri ham ochiq va samimiy ruhda oʻtkazildi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada rivojlantirish, ular oʻrtasida sport, madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha tadbirlar boshlab yuborildi. Shaxmat-shashka, boks, mini-futbol, stol tennisi, kamondan otish, ot sporti, voleybol, basketbol, yengil atletika, suzish va konsert dasturlari oʻtkazilmoqda.