Yangiliklar

10 Iyul 2024

XIZMAT INTIZOMI VA QONUNCHILIK MASALALARI MUHOKAMA MARKAZIDA

Shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash hamda uning buzilish holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, turli xildagi koʻngilsiz holatlar sodir etilishining oldini olish, shuningdek, soha faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari ishtirokida videoselektor tarzida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Respublika Harbiy prokuraturasi masʼullari hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvda soʻzga chiqqanlar xizmat intizomi va huquq tartibotini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning hayotini va sogʻligini asrash hamda qonun buzilishi holatlarini oldini olish har bir kishining vazifasi ekanligi taʼkidladi. Shu bilan bir qatorda, xodimlar tomonidan xizmat davomida qoʻl urilayotgan jinoyatchilik holatlari yuzasidan tanqidiy muhokamalar oʻtkazildi.
Tadbir yakunida qatnashchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.