Milliy gvardiya Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari uchun Ulugʻbek rasadxonasiga ekskursiya tashkil etildi
Sayohat davomida Mirzo Ulugʻbekning soʻnmas hayoti, ijtimoiy va maʼnaviy sohada amalga oshirgan ishlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
"Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari mazkur tarixiy obidalarni koʻzdan kechirar ekan, tarixi buyuk ajdodlarning avlodlari ekanliklarini yana bir bor ulkan faxr va iftixor bilan yurakdan his etishdi.
Bu kabi tadbirlar xodimlar oʻrtasida vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini yana mustahkamlashga, shukronalik hissini oshishiga, kelajakda oʻz xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishlarida dasturi amal boʻlib xizmat qiladi.