Yangiliklar

9 Iyul 2024

MUSTAHKAM INTIZOM - MUSTAHKAM XIZMAT

Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ular orasida xizmat intizomini mustahkamlash hamda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida navbatdagi profilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi.
"Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi masʼullari boshchiligida oʻtgan uchrashuv davomida xodimlar tomonidan sodir etilayotgan intizom buzilish holatlarini oldini olish, shaxsiy tarkib orasida turli noxush holatlarni bartaraf etish, xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilik talablarini mustahkamlash, shaxsiy va xizmat avtotransportlarni boshqarish bilan bogʻliq salbiy oqibatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.
Shuningdek, xodimlarning fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala boʻlishlari, tamagirlikka yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyani oldini olish, belgilangan tartib va meʼyorlarni buzmaslik toʻgʻrisida asoslantirilgan va aniq fikrlar aytildi.
Uchrashuv soʻngida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan batafsil maʼlumotlar oldilar.