Yangiliklar

10 Yanvar 2024
Batafsil
ISHONCHLI HIMOYA – XOTIRJAM ISHLAR KAFOLATI

Milliy gvardiya Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Andijon shahridagi Gʻayrat, Hunarmandlar hamda Ishchilar MFYlardagi mavjud boʻlgan savdo obyektlar, ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi savdo doʻkonlari va dorixonalarda targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

9 Yanvar 2024
Batafsil
KITOB – TUGANMAS BILIM MANBAI

Kitob mutolaa qilish inson tafakkurini yuksaltiribgina qolmay, kitobxonni maʼnaviy hordiq chiqarishiga ham katta xizmat qiladi. Mutolaa insonni izlanishga, yangi bilimlar sari odimlashga oʻrgatadi. Shu sabab ham bugungi kunda Milliy gvardiya Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan shaxsiy tarkibni kitobga boʻlgan muhabbatini oshirish maqsadida muntazam ravishda targʻibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

9 Yanvar 2024
Batafsil
TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YOʻQ

Milliy gvardiya Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida xizmat qilayotgan xodimlarning dam olish kunlari hamda ishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning tarixiy bilim va koʻnikmalarini mustahkamlab borish hamda noyob meʼmoriy obidalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida diqqatga sazovor maskanlarga sayohatlar va turli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

8 Yanvar 2024
Batafsil
XIZMATNI TASHKILLASHTIRISH BORASIDAGI DOLZARB VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

Milliy gvardiya Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida xodimlarning xizmat intizomini yaxshilash va ular tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan koʻngilsizliklarning oldini olish, shuningdek xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida uchrashuv oʻtkazildi.

8 Yanvar 2024
Batafsil
MINI-FUTBOL BOʻYICHA SIRDARYO VILOYATI "QOʻRIQLASH" BOSHQARMASI BOSHLIGʻI KUBOGI UCHUN MUSOBAQA OʻTKAZILDI

Bugungi kunda Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarliklarini oshirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Guliston shahrida joylashgan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan xodimlar oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi kubogi uchun oʻtkazilgan musobaqa ham mazkur ishlarning mantiqiy davomi boʻldi.

7 Yanvar 2024
Batafsil
ASOSIY MAQSAD – FUQAROLAR MOLK-MULKINI ISHONCHLI QOʻRIQLOVINI TAʼMINLASH

Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Nukus shahridagi Taslaq hamda Samanbay MFYlari hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar orasida IIO va mahalla faollari bilan birgalikda «Xavfsiz shahar» va «Xavfsiz hudud» tamoyili asosida profilaktik targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

5 Yanvar 2024
Batafsil
"XALQ VA ARMIYA – BIR TANU, BIR JON!"

Kuni kecha Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Andijon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari ishtirokida “Xalq va armiya – bir tanu, bir jon!” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.

4 Yanvar 2024
Batafsil
AHOLI MOL-MULKLARI HIMOYASI YUZASIDAN TARGʻIBOT TADBIRLARI

Aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targʻibot tadbirlari tashkil etildi