Xodimlarning psixologik bilimlarini oshirishga qaratilgan trening mashgʻulotlari tashkil etildi
Milliy gvardiya Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi psixologlari tomonidan ayni kunlarda xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi, muomala madaniyati va huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan seminar-trening mashgʻulotlari olib borilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Samarqand shahar "Qoʻriqlash" boʻlimi shaxsiy tarkibi bilan "Muammo va salbiy holatlardan qutilish" mavzusiga bagʻishlangan navbatdagi psixologik trening boʻlib oʻtdi.
Oʻtkazilgan treningda xizmat vaqtida xodimlar va fuqarolar oʻrtasida oʻzaro kelishuvga erishish, muloqotni yaxshilash hamda nutqni toʻgʻri yoʻnaltira olish kabi masalalar ustida amaliy mashgʻulotlar olib borildi.
Bundan tashqari xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirishga, xizmat jarayonida ularning psixologik barqarorligini taʼminlashga yordam beradi. Treninglar orqali ishchilar oʻz emotsiyalarini boshqarish, moslashuvchanlikni kuchaytirish va muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirish imkoniga ega boʻlishadi.
Tadbirdan soʻng ishtirokchilar oʻz fikr va takliflarini bildirishdi, bu esa kelgusidagi xizmat faoliyatni yanada samarali oʻtkazishga xizmat qiladi.