VATANPARVARLIK – MILLIY YUKSALISH KAFOLATI
Milliy Gvardiya Buxoro viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Fayzullo Xoʻjayev uy-muzeyida hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi "Shon-sharaf" muzeyida vatanparvarlik va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, Buxoro shahridagi Fayzulla Xoʻjayevning uy-muzeyi XIX asr meʼmorchiligining yorqin namunasi boʻlib, sayyohlar uchun ochiq. Sayyohlar orasida juda mashhur bu tarixiy majmua XIX asr oxirlari Buxoro tarixi va madaniyati, oʻsha davrdagi savdogarlar hayoti, uy jihozlari va nodir sanʼat namunalari bilan tanishish imkonini beradi.
Shundan soʻng Buxoro viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasiga ham tashrif buyurildi. Tashrif doirasida vatanparvarlik tushunchasi, uning kishilarda ijtimoiy va maʼnaviy axloqiy xislatlarda namoyon boʻlishi, ular negizida ota-bobolardan meros qolgan zaminni sevish, urf-odatlarni, qadriyatlarni saqlash, el-yurt ravnaqi uchun chin dildan mehnat qilib, Vatanni dushmanlaridan himoya qilish, shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik tuygʻusini tarbiyalash, ularni Vatan maʼnosini teran anglab yetishga oʻrgatish, vatanparvarlik – yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish maʼnaviy qadriyatlarimizning asosini tashkil etishi taʼkidlab oʻtildi.