Yangiliklar

25 Oktyabr 2024

Qadring baland boʻlsin, Ona tilim

Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi va Jizzax Davlat pedagogika universiteti hamkorligida "Qoʻriqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi orasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Dastlab, ishtirokchilarning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-siyosiy bilimlarini rivojlantirish maqsadida “Qadring baland boʻlsin, Ona tilim” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi. Shundan soʻng “Zakovat” intellektual oʻyiniga start berildi. Qiziqarli hamda bahs-munozaraga boy boʻlgan intellektual oʻyin tajribali hakamlar tomonidan odilona baholanib borildi.
Intellektual oʻyini yakuniga koʻra 1 oʻrinni “Qalqon” jamoasi, 2 oʻrinni “Posbon” jamoasi, 3 oʻrinni “Toʻmaris” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar va gʻoliblarga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.