Xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
Milliy gvardiya Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari hamda Harbiy prokuratura bilan hamkorlikda xodimlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlash, huquqiy bilimlarini oshirish va yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan intizom buzish holatlarini, jinoyatchilikni oldini olish maqsadida davra suhbatlari tashkil etildi.
Videoselektor tarzida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda xodimlar xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilishlari, xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarini Yoʻl harakati qoidalariga rioya etgan holda tegishli hujjatlar bilan boshqarishlari, fuqarolar bilan xush muomalada boʻlishlari, xodimlar bilan bogʻliq salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar shaxsiy tarkibga yetkazilishi boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini yetarli darajada olib borishlari, ijrochilik intizomiga rioya qilishlari, turli xil tan jarohatlari haqida aytib sodir etilgan yoʻl transport hodisalari va ularning ayanchli oqibatlariga toʻxtalib oʻtildi.
Bundan tashqari tadbirlar davomida pora olish (berish) va unda vositachilik qilish, firibgarlik kabi sodir etilgan jinoyatlarning sabablarini tahlil qilish, ushbu yoʻnalishlarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf qilish, jinoyatlarning ogʻir oqibatlari toʻgʻrisida xodimlarga maʼlumotlar berildi.
Oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasiga eʼtibor qaratish, shukronalik hissi bilan yashash, yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini oshirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan soʻz yuritilib, fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida qatnashchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.