Yangiliklar

27 May 2025

Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida shaxsiy tarkib uchun psixologik trening tashkil etildi

Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi psixologlari tomonidan shaxsiy tarkib oʻrtasida “Stress va depressiyaga qarshi chidamlilikni oshirishga qaratilgan koʻnikmalarni rivojlantirish” mavzusida maxsus psixologik trening oʻtkazildi.

Tadbir davomida psixologlar tomonidan stressning sabablari, uning organizm va ruhiy holatga taʼsiri, shuningdek, bunday holatlarda toʻgʻri yondashuv usullari haqida maʼlumotlar berildi. Amaliy mashgʻulotlar orqali xodimlar ongli nafas olish, emotsional nazorat va ichki resurslarni safarbar etish kabi samarali psixologik usullar bilan tanishdilar.

Mazkur trening shaxsiy tarkibning kasbiy samaradorligini oshirish, xizmat jarayonida ruhiy barqarorlikni taʼminlash va jamoaviy muhitda sogʻlom psixologik munosabatlarni shakllantirishga xizmat qildi.